O‘zbekistonda mol go‘shtining narxi pasayishi mumkin

O‘zbekistonga Xitoydan 325 bosh naslli qoramol partiyasi yetkazib berildi. Bu turdagi qoramollar mamlakatga birinchi marta olib kelingani aytilmoqda.
Hayvonlar 4 ming kilometrdan ziyod yo‘l bosgan. Ularning har biri 900 kilogrammgacha vaznga yetishi, bir yilda esa 5 500 litrgacha sut berishi mumkin.
Qoramollarning yana bir jihati mahalliy iqlimga moslasha olishidir. Bu ularni O‘zbekiston sharoitida parvarish qilish va ko‘paytirish imkonini kengaytiradi.
Mutaxassislar bunday naslli qoramollar chorvachilikda mahsuldorlikni oshirishini kutmoqda. Go‘sht va sut ishlab chiqarish hajmi ko‘paysa, ichki bozordagi ta’minot yaxshilanishi mumkin.
Ta’minotning ortishi kelgusida mol go‘shti narxlarini barqarorlashtirishga yoki ma’lum darajada pasaytirishga xizmat qilishi ehtimol qilinmoqda.































Izohlar 0
…