«O‘zbekiston 24» teleradiokanali, «Taraqqiyot strategiyasi markazi» va Xalqaro press-klub o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Bu haqda «Taraqqiyot strategiyasi markazi» vakiliga asoslanib «Daryo» ma’lum qildi.
Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirib borilishi to‘g‘risida aholini va xalqaro jamoatchilikni teleuzatishning zamonaviy usullardan foydalangan holda keng xabardor qilish, ularning fikr-mulohazalarini yoritib borish va yana boshqa bir qancha yo‘nalishlardagi sa’y-harakatlarni birlashtirish maqsadida uch tamonlama Memorandum imzolandi.
Hujjatga asosan «O‘zbekiston 24» teleradiokanali efirlarida O‘zbekistonning ichki va tashqi faoliyatiga oid muhim ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarga taalluqli axborotlar hamda axborot-tahliliy mahsulotlar tayyorlanadi.
Shuningdek, turli dolzarb mavzularda muhokamalar, matbuot anjumanlari, brifinglar, ijodiy va tematik kechalar, taqdimotlar, davra suhbatlari faol tashkil etiladi va operativ yoritib boriladi.
Yangi tashkil etilayotgan teleradiokanal dasturi qatoridan Harakatlar strategiyasi nazarda tutilgan tadbirlarning ekspertlar hamda jamoatchilik o‘rtasida keng muhokama etilishiga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlar, shuningdek, qonun, qonunosti va boshqa hujjatlar loyihalari yuzasidan keng jamoatchilikning taklif, fikr va mulohazalarini yoritishga qaratilgan tok-shoular joy olishi ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi