12:25 / 11.06.2017
11 127

O‘zbekiston 2030 yilda (Video)

O‘zbekiston 2030 yilda (Video)
10 iyun kuni Ostona shahrida «kelajakdagi energiya»ga bag‘ishlangan EKSPO-2017 xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma o‘z ishini boshladi. Ushbu ko‘rgazmada O‘zbekiston mamlakatning energetika sohasidagi salohiyati va 2030 yilgacha mo‘ljallangan rejalari haqidagi videorolikni namoyish etdi.

Videorolikda aytilishicha, O‘zbekistonda bir yilda 320 quyoshli kun bo‘ladi. Bir yillik quyosh energiyasi 51 milliard tonna neftga teng, shamol energiyasining salohiyati esa yiliga 360 million tonna neftga teng. Bunday sof energiyaga ega bo‘lish uchun 11 million gektardan ortiq er maydonidan foydalanish mumkin bo‘ladi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Gidroenergiya salohiyati yiliga 1,8 million tonna neftga teng. 2030 yilga borib energiyaning katta qismi oynali quyosh panellari orqali olinishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, rolikda O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi yagona avtomobil ishlab chiqaruvchi hisoblanishi qayd etilgan (yiliga 200 ming dona avtomobil). 2030 yilga borib avtomobillarning 48,5 foizi muqobil yonilg‘i turlaridan foydalanadi.

O‘zbekistonda tabiiy meva va sabzavotlarning 350dan ortiq turi etishtiriladi. 2016 yilda 1,2 mln. tonnadan ortiq meva va sabzavotlar eksport qilingan. 2030 yilga borib, bu boradagi ko‘rsatkich 6,8 mln. tonnani tashkil qiladi.

Quyosh va shamol energiyasi joriy etilishi evaziga O‘zbekiston iqtisodiyoti 30 foizga o‘sadi. Sof energiya O‘zbekistonda ustuvor maqsadga aylanadi. Natijada yonilg‘idan foydalanish 50 foizga kamayadi hamda havoning ifloslanish darajasi 80 foizgacha kamaytiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston 2030 yilda (Video)