Toshkent shahri hokimi Rahmonbek Usmonovning 1 iyun kuni imzolangan qarori (PDF) bilan yirik savdo markazlari va maishiy xizmat ko‘rsatish binolarining birinchi qavatlarida avtoturargohlar qurilishi ma’qullandi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Aprel oyi o‘rtasida shahardagi «talablarga javob bermaydigan» avtomobil garajlari o‘rnida ikki, uch va olti qavatli avtoturargohlar qurish rejalashtirilayotgani haqida ma’lum qilingandi.
Poytaxt shahar hokimi qarorida shaharda avtomobillar soni yildan-yilga ortib borayotgani - 2014 yil 31 dekabrida 353 912ta, 2017 yilning 1 mart holatiga ko‘ra, 420 105tani (19 foizlik o‘sish) tashkil qilgani, shuning davomida avtomototransport vositalarini tunash bilan bog‘liq jinoyatlar soni ortib borayotgani, shahardagi 142ta to‘yxona va 57ta supermarketlarning (gipermarketlar) ayrimlarida avtomototransport vositalarini saqlash joylari mijozlarning avtomototransport vositlari soniga etarli miqdorda tashkil etilmagani, buning oqibatida tirbandliklar yuzaga kelib, fuqarolarga noqulayliklar tug‘dirilayotgani keltirib o‘tilgan.
Qarorda tumanlar hokimlari rahbarligida shaharsozlik qoidalari va sanitar normalari talablariga javob bermaydigan avtoturargohlarni aniqlash va qonun buzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh tuzish belgilangan.
Bu guruhga tumanlar hududida joylashgan garajlarni o‘rnatilgan tartibda bosqichma-bosqich oldirib, shaharsozlik normalari va qoidalariga javob beradigan birinchi qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi bo‘lgan ko‘p qavatli avtoturargohlar qurish uchun takliflar berish, bunday turargohlar qurilishi uchun tadbirkorlarni jalb qilish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan birgalikda yangi tashkil etilgan ko‘p qavatli avtoturargohlar saqlash joylarini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, olib borilayotgan ishlar haqida Toshkent shahri hokimiga har haftada hisobot berish, aholi o‘rtasida tegishli targ‘ibot va tashviqot ishlarini yuritish vazifalari yuklangan.
Ishchi guruh shuningdek, 2017 yil oxiriga qadar yo‘llardagi tirbandliklarni bartaraf etish, aholiga xizmat ko‘rsatishda yanada qulayliklar yaratish maqsadida, tumanlar hududlarida joylashgan savdo majmualari (supermarket, gipermarket) va to‘yxonalar yon atrofidagi hududlarda avtoturargohlar tashkil qilish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi.
Avtoturargoh qurish imkoni yo‘q to‘yxona egalari, savdo majmualari sohiblariga faoliyati turini o‘zgartirish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi