14:47 / 14.06.2017
6 114

O‘zini-o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazganlik uchun jazo kuchaytirildi

O‘zini-o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazganlik uchun jazo kuchaytirildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 iyun kuni Jinoyat kodeksiga o‘zgartishlar kiritdi. Unga ko‘ra, o‘zini-o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazish va unga undash uchun jazo kuchaytirildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

O‘zgartirishlarga ko‘ra, o‘zini-o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazish yoki unga po‘pisa, shafqatsiz munosabat yoki shaxsning sha’ni yoxud qadr-qimmatini tizimli ravishda kamsitish orqali tahdid qilish 3 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, mazkur harakatlarni voyaga etmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki telekommunikasiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet tarmog‘idan foydalanib sodir etilsa – etti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘zini-o‘zi o‘ldirishga undaganlik, ya’ni ko‘ndirish, aldash yoki boshqa yo‘l bilan o‘zga shaxsda o‘zini o‘zi o‘ldirish hissini uyg‘otish natijasida shaxs o‘zini o‘zi o‘ldirgan yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishga suiqasd qilgan bo‘lsa ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, mazkur harakatlarni voyaga etmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki telekommunikasiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilsa – besh yildan etti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zini-o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazganlik uchun jazo kuchaytirildi