Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi

Toshkent metropolitenida xodim tomonidan topib olingan 10 ming AQSH dollari o‘z egasiga qaytarildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qozog‘iston fuqarosi avtomobil sotib olish maqsadida Toshkentning Sergeli tumaniga kelgan. U Olmazor metro bekatidan Sergeli tomon yo‘l olgan vaqtida sumkasidan 10 ming dollar tushib qolganini sezmagan.

Fuqaro avtomobil bozoriga yetib borgach, pullari yo‘qolganini payqagan. Shu orada metroning xavfsizlik xizmati xodimi vagonda qolib ketgan pullarni topib olgan.

Shundan so‘ng pul egasini aniqlash uchun tekshiruv ishlari olib borilgan. Xodimlar Face ID tizimi orqali fuqaroni aniqlab, 10 ming dollarni to‘liq holda unga qaytargan.

Pul egasi metro va ichki ishlar xodimlariga minnatdorlik bildirgan. U pullarining halol yo‘l bilan o‘zinikiga qaytganidan mamnunligini aytgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar