O‘zbekistonda 25 ta suv omborini sayyohlik maskaniga aylantirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda turizm salohiyatini kengaytirish maqsadida yana 25 ta suv omborini sayyohlik maskaniga aylantirish rejalashtirilmoqda. Hozirda mamlakatdagi beshta suv omborida turistlarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.
Yangi turistik hududlarga biznes vakillarini jalb qilish uchun tadbirkorlarga qator imtiyozlar berish taklif etilmoqda. Jumladan, 2029 yil oktyabr oyigacha yer va mol-mulk soliqlarini ikki baravar kamaytirish, shuningdek, xavfsizlik uskunalarini import qilishda bojxona imtiyozlarini taqdim etish ko‘zda tutilgan.
Biroq suv omborlarida sayyohlik xizmatlarini tashkil etishda xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, xizmatlar majburiy sertifikatlashdan o‘tkazilishi, tadbirkorlar esa professional qutqaruvchilar bilan shartnoma tuzishi talab etiladi.
Mazkur chora-tadbirlar suv omborlarining turistik jozibadorligini oshirish, xususiy investitsiyalarni jalb etish hamda dam oluvchilar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.































Izohlar 0
…