09:02 / 01.07.2017
7 119

O‘zbek paxtasi bo‘yicha Prezident farmoyishi ijrosini amalga oshirish boshlandi

O‘zbek paxtasi bo‘yicha Prezident farmoyishi ijrosini amalga oshirish boshlandi
2017 yil 30 iyun kuni Milliy Matbuot markazida “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun “Jahon bozorida o‘zbek paxta sanoati nufuzini yanada oshirish borasida Xolding kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 28 iyun kuni “Paxta bo‘yicha Xalqaro konsultativ qo‘mitaning 76-yalpi majlisi va XIII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasini o‘tkazishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi e’lon qilindi.

Farmoyishga muvofiq, «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi manfaatdor vazirlik va idoralar hamda paxta bo‘yicha Xalqaro konsultativ qo‘mita (PXKQ) kotibiyati bilan hamkorlikda 2017 yil 23-27 oktyabr kunlari Toshkent shahrida PXKQning “Globallashuv va texnologik taraqqiyot davrida paxta” mavzusidagi 76-yalpi majlisi va XIII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasini o‘tkazishga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

Yuqorida qayd etib o‘tilgan yig‘ilish va yarmarka ishida dunyoning 44 dan ortiq mamlakatidan 1500 ga yaqin xorijiy mehmon hamda mahalliy mutaxassisning ishtirok etishi kutilmoqda. Ma’lum bir mamlakatlarda paxta va to‘qimachilik sohasi rivojlanishi, jahon paxta bozori tendensiyalari, savdo, logistika va sug‘urta masalalariga bag‘ishlangan 16 ga yaqin ochiq va mavzuli sessiyalar o‘tkazilishi nazarda tutilgan. Paxtaning seleksion navlarini yaratishning genetikasi va biotexnologiyasi, paxta etishtirish agrotexnikasi, uni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish masalalari ham keng muhokama etiladi. Paxtaga birlamchi ishlov berish, paxta tolasi sifatini instrumental baholash, uni to‘qimachilik yo‘li bilan qayta ishlash sohalaridagi muammo va yutuqlarga ham alohida e’tibor qaratiladi.

Bugungi kunda «O‘zpaxtasanoateksport» XK O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar Strategiyasidan kelib chiqib, paxtachilik sohasini rivojlantirshi bo‘yicha o‘z oldiga yangi vazifa va marralarni belgilab olmoqda. Qayd etib o‘tilgan Strategiyaning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq harakatlar ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasida paxtachilik sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi” doirasida olib borilmoqda. Hujjatda 16 ta bazaviy yo‘nalishlar bo‘yicha soha imkoniyatlarining tizimli ko‘rsatkichlari belgilab berilgan, uning respublika iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasini oshirish, soha korxonalarini modernizasiya qilish, ilgari xorijdan sotib olingan mahsulotlarni mahalliylashtirish, shu maqsadda xorijdiy investisiyalarni keng jalb etish bo‘yicha bajariladigan ishlar va aniq maqsadli vazifalar ko‘rsatib o‘tilgan.

Paxta xom ashyosini tayyorlash tizimini takomillashtirish, paxtaga birlamchi ishlov berish texnika va texnologiyasini optimallashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 2016 yilgi mavsumda “Oliy” va “Yaxshi” sinfidagi tolaning ulushi umumiy paxta tolasining 92,0 foizini tashkil etdi, bu esa avvalgi yildagi ko‘rsatkichdan 10 foizga ortiqdir. Ishlab chiqarilgan barcha tolaning 99 foizi mikroneyr ko‘rsatkichining 3,5-4,9 ko‘rsatkichi doirasida bo‘lib, xalqaro talablarga mos keladi. Ishlab chiqarilayotgan tola uzunligi ko‘rsatkichlari ham yaxshilandi. Jumladan, 37 kodli tola ulushi 2016 yilgi mavsumda 21 foizdan 23 foizga o‘sdi. 4 tipdagi tola ulushi esa 85 foizni tashkil etdi.

Yog‘-moy ishlab chiqarish sohasida texnik qayta jihozlash bo‘yicha dasturlarning, qayta ishlash uchun paxta chigitini naviga qarab qabul qilishning differensiyalangan tizimining joriy etilishi uning sifatini yaxshilanishiga hamda olinayotgan xom moy miqdori oshishiga olib keldi. Paxtaning texnik urug‘larining sifati yaxshilanishi holati kuzatilmoqda. Jumladan, 2016 yili hosil bo‘yicha birinchi sinfdagi birinchi navli sifatli urug‘lar ulushi 76,4 foizni tashkil etib, 2015 yilga solishtirganda salkam 10 foizga ortdi. Paxta yog‘i sifati keskin oshib, uning rangi 5 qizil birlikkacha ortdi (jahon standarti), qadoqlangan o‘simlik yog‘lari ishlab chiqarish miqdori ko‘paydi. Moy chiqishining 1,3 foizga ortishi hisobiga 10,0 mlrd. so‘m miqdorida qo‘shimcha daromad olindi.

Paxta tolasini tasniflashning milliy tizimini takomillashtira borib, yangi sifat o‘lchovlari – paxta tolasining past navlari uchun sinflar (Uchinchi «Oliy», To‘rtinchi «Oliy», Beshinchi«Oliy»/«Yaxshi») joriy etildi hamda paxta tolasi bo‘yicha yangi standart qabul qilindi. Yangi qoidalardagi o‘zgarishlar xalqaro talab va standartlarga uyg‘unlashtirilgan, yangi milliy standartning qo‘llanilishi esa to‘qimachilik sanoatida extiyoj katta bo‘lgan yuqori sifatli paxta tolasi hajmini oshirish imkoniyatini berdi. Faqat 2016 yil hosili natijalari bo‘yicha yangi tasnifni joriy etishdan olingan iqtisodiy samara 1,5 mlrd.so‘mdan oshib ketdi.

Terminallarda qabul qilinayotgan va jo‘natilayotgan paxta tolasi sifati va miqdorini nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida amaliy chora-tadbirlar ko‘rish uchun «O‘zpaxtasanoateksport» XK tarkibiga kiruvchi «O‘zpaxtaeksport» AJ tasarrufidagi har bir terminalda eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan paxta tolasi sifati va miqdorini nazorat qilish laboratoriyalari tashkil etilgan. Xolding kompaniya tarkibiga kiruvchi boshqa bir tuzilma - «O‘zpaxtayog‘» AJda texnik urug‘lar sifatini nazorat qilish bilan shug‘ullanuvchi «Sifat-chigit» markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, u paxta tozalash va yog‘-moy korxonalarida paxta chigitini ishlab chiqarilishi, sifati, saqlanishii samarali ishlatilishini nazorat qilish, paxta yog‘i sifatini baholash va yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.

Barcha 98 ta paxta tozalash zavodlari, 23 ta yog‘-moy kombinatlari va 21 ta paxta terminallarida ularni kapital qayta ta’mirlash jarayonida yangi avlod uskunalari kompleksini o‘zlashtirish hisobiga modernizasiya va rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bu jarayonga O‘zbekistondagi etakchi ilmiy, akademik, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari va mashinasozlik-qurilish korxonalari faol jalb etilmoqda. 2017 yilga mo‘ljallangan Investisiya dasturi asosida «O‘zpaxtasanoateksport» XK bo‘yicha jami 27, 2 mln.AQSh dollari miqdorida mablag‘ o‘zlashtirilishini nazarda tutuvchi 34 ta loyiha, jumladan «O‘zpaxtasanoat» AJda paxtani qayta ishlash korxonalarini modernizasiya qilish bo‘yicha 17,1 mln. AQSh dollariga teng 12 ta, «O‘zpaxtayog‘» AJda 10,1 mln. AQSh dollariga teng 22 ta loyihani amalga oshirish mo‘ljallangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbek paxtasi bo‘yicha Prezident farmoyishi ijrosini amalga oshirish boshlandi