30 iyun kuni Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida bo‘lib o‘tgan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining navbatdagi Qurultoyi vaqtida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qurultoyda chiqish qilgan 23 yoshli yigit Alisher Sa’dullaevni Xalq ta’limi vaziriga o‘rinbosar etib tayinlagan. Bu ma’lumotni «Kun.uz» saytining vazirlikdagi manbasi tasdiqladi.
1 iyul kuni Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov Alisher Sa’dullaevni vazirlik jamoasiga o‘zining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida tanishtirgan.
Alisher Sa’dullaev 1994 yilning 11 iyulida Jizzax viloyatining Jizzax tumanida tug‘ilgan. Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutini tamomlagan, keyinroq Buyuk Britaniyada tahsil olgan.
U shu vaqtgacha Toshkent shahridagi Result o‘quv markazi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi