«Malika» yarmarkasidagi ba’zi do‘konlar buzilayotgani xabar qilindi

Toshkentdagi «Malika» maishiy texnika va elektronika yarmarkasi hududi joylashgan ba’zi do‘konlar buzilishi boshlangani xabar qilindi. Tegishli fotosurat Facebook’dagi «Potrebitel.uz» guruhiga joylashtirilganb, deb yozadi Daryo.uz.
Guruh a’zolari ushbu holat yuzasidan juda ko‘plab turli taxminlarni ilgari surgan. Ularning aksariyati faqatgina yarmarka markazidagi bir nechta do‘kon buzilayotganini ta’kidlagan. Ba’zi foydalanuvchilar do‘konlarning hujjati bo‘lmagani uchun buzilayotganini taxmin qilayotgan bo‘lsa, boshqalari ularning o‘rnida yangi gipermarket qurilishini ma’lum qilgan.
Shuningdek, foydalanuvchilar tomonidan yarmarka ko‘chirilishi boshlangani to‘g‘risida ham ko‘plab taxminlar bildirilgan. Jumladan, do‘konlar yangi ochilgan MediaPark savdo markaziga, metroning «Chilonzor» bekati oldidagi Integro savdo markaziga, «Abu Saxiy» bozori yaqiniga ko‘chirilishini taxmin qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing