09:03 / 09.07.2017
5 842

Xalqaro Press-klub sessiyasida superkontraktga ruxsat masalasi muhokama qilindi

Xalqaro Press-klub sessiyasida superkontraktga ruxsat masalasi muhokama qilindi
Maktablarda o‘quvchilar o‘rinlarining kamligi, oliy o‘quv yurtlariga o‘tkaziladigan testlarda past ball to‘plagan (eng yuqori ballning 30 foizi) abiturientlarga oliy ta’lim olish imkonini taqdim etish kabi masalalar Xalqaro Press-klubning senatorlar bilan o‘tkazgan navbatdagi sessiyasida muhokama mavzularidan biri bo‘ldi.

Xususan, unda ta’kidlanishicha, ayrim hollarda, ba’zi maktablarda hukumat me’yorida belgilanganidek, 35 o‘quvchi o‘rniga bir sinfda 40-45 nafar bola tahsil olayotgani ta’kidlandi.

Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jaev bu borada o‘z fikrini bildirar ekan, muammo maktablardagi ta’lim sifati bilan bog‘liq uzviy bog‘liqligini ta’kidladi.

“Bugungi kunda respublikada 9 680 ta maktab faoliyat yuritayapti. Gap 4,6 milliondan ortiq o‘quvchilar haqida borayapti. Maktab va normal o‘quv joylari har bir tumanda mavjud, biroq ko‘pchilik ota-onalar, turli noqulayliklarga qaramasdan, o‘z farzandlarini obro‘li, nomdor maktablarga bergisi keladi. Biz ularning o‘z farzandlariga sifatli ta’lim berish istagini tushunamiz va masalani hal qilish maqsadida o‘qituvchilarning bilim va tajribasini oshirish uchun asosli choralarni ko‘rayapmiz“, -dedi qo‘mita raisi.

Sessiyada “Superkontrakt kelgusida malakasiz kadrlarning ortib ketishiga sabab bo‘lmaydimi?”, degan savol ham yangradi. Tegishli qo‘mita rahbari bu chora barchaga birdek oliy ta’lim olish imkoniyatini berish uchun joriy etilayotganini qayd etdi.

“68 ball besh ballik tizimda taqqoslaganda qoniqarli baho (3 baho)ga to‘g‘ri keladi. Bu kimdir uchun kelajakda o‘z salohiyati va iqtidorini ochish imkoniyatidir. Ayni vaqtda ta’lim va moliya vazirliklari hamda turli banklar bilan hamkorlikda ushbu kontrakt bo‘yicha o‘qiydigan talabalar uchun ma’lum bir imtiyozlarni ishlab chiqayapmiz”, – deya ta’kidladi Zayniddin Nizomxo‘jaev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kelajakda kadrlar etishmovchiligini oldini olishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki ish o‘rni uchun raqobat kuchayadi, natijada ish sifati ham ortadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xalqaro Press-klub sessiyasida superkontraktga ruxsat masalasi muhokama qilindi