
Avval xabar qilinganidek, Toshkent shahri atrofida tezyurar elektrichka qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 10 iyul kuni ushbu temir yo‘l qurilishi loyihasini ko‘zdan kechirdi.
Elektrichka ikki yo‘lli bo‘ladi. Kanallar va ko‘chalar kesishgan joydan estakadalar orqali olib o‘tiladi.
Prezidentimiz mamlakatimizda bu yangi soha ekani, uni loyihalashtirishda ilg‘or xorij tajribasini o‘rganish, shu sohaga ixtisoslashgan mutaxassislarni jalb etish zarurligini, eng asosiysi, bironta ham uy buzilmasligi kerakligini alohida ta’kidladi.
Asosiy maqsadimiz – odamlarga barcha zarur qulayliklarni yaratish, dedi Shavkat Mirziyoyev. Bu yo‘lni boshqa yo‘llar bilan oqilona bog‘lash orqali shahar transporti yuklamasini 30-40 foizgacha yengillashtirish mumkin. Yo‘nalish va bekatlarni aholining talab va ehtiyojlari, shu bilan birga, shaharning kelgusi rivojlanishini inobatga olib loyihalashtirish zarur.
Manba: 1news.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar