15:06 / 12.07.2017
6 117

13 iyul kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

13 iyul kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 13 iyul kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 21-23, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi, Namangan viloyatining ayrim tumanlarida do‘l yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 19-24, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi, Namangan viloyatining ayrim tumanlarida do‘l yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 11-16, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 13 iyul kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?