O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihoni natijalari e’lon qilinishi kutilmoqda

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni natijalari yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Davlat test markazi ma’lumotiga asoslanib “Daryo” ma’lum qildi. Natijalar aynan qaysi sanada e’lon qilinishi hozircha ma’lum emas.
Qayd etish joizki, 2013-yilda kirish imtihonlari natijalari 16-avgust kuni, 2014-yilda ham 16-avgust kuni e’lon qilingan. 2015-yilda OTMlarga 605 836 nafar abituriyent hujjat topshirib, rekord qayd etilgan edi. 2014-yilda 543 131 ta, 2013-yilda 480 447 ta, 2012-yilda esa 432 mingdan ortiq hujjat topshirilgan.
Imtihon natijalari 17 avgust kuni chiqish ihtimoli haqiqatga yaqinroq. Bizni kuzatishni davom eting. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing