date

BMT: 2100 yilda O‘zbekiston aholisi 5 mln kishiga kamayadi

BMT: 2100 yilda O‘zbekiston aholisi 5 mln kishiga kamayadi

O‘zbekiston 2100 yilda ham mintaqaning eng aholisi ko‘p mamlakat bo‘lib qoladi, ammo aholisi 2050 yilga nisbatan 5 mln ga kamayadi. Bu haqda BMTning butun dunyo demografiyasiga bag‘ishlangan oxirgi hisobotida aytildi, deb yozmoqda Kun.uz.

2030 yili O‘zbekiston aholisi 34.397 mln kishini, 2050 yili esa 37.126 mln kishini tashkil qiladi. Ammo yarim asrdan so‘ng mamlakat aholisining kamayishi kutilmoqda. Shu tariqa, BMT bashoratiga ko‘ra, 2100 yilga kelib O‘zbekiston aholisi 32.077 mln kishini tashkil qiladi.

O‘sha yilga borib Qozog‘istonda 24.712 mln, Tojikistonda 18.559 mln, Qirg‘izistonda 9.046 mln, Turkmanistonda 5.606 mln aholi istiqomat qiladi.
BMT hisobotida ko‘rsatilishicha, 2015 yili O‘zbekiston aholisi 29.893 mln kishini tashkil qilmoqda. O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra esa, 2013 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra mamlakatda 29.5 mln kishi istiqomat qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » BMT: 2100 yilda O‘zbekiston aholisi 5 mln kishiga kamayadi