
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi dam olish kunlari O‘zbekistonning ayrim tog‘li hududlarida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Unga ko‘ra, 22 iyul kuni Chorvoq hududida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 3-8 m/s ni tashkil etadi. Havo harorati kechasi 16-18oS, kunduzi 28-30 oS atrofida bo‘ladi.
Chimyonda esa ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 3-8 m/s ni tashkil etadi. Havo harorati kechasi 16-18oS, kunduzi 27-29 oS atrofida kuzatiladi.
Qamchiq hududida shu kuni havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. Shamol tezligi 3-8 m/s ni tashkil etadi. Havo harorati kechasi 13-15 oS, kunduzi 23-25 oS atrofida bo‘ladi.
23 iyul kuni esa Chorvoqda kechga borib yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq sodir bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi 5-10 m/s ni tashkil etadi. Havo harorati kechasi 16-18oS, kunduzi 28-30 oS atrofida bo‘ladi.
Chimyonda ham kechga borib yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq sodir bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi 16-18 oS, kunduzi 27-29 oS atrofida bo‘ladi.
Qamchiq hududida shu kuni havo bulutli bo‘lib, yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. Shamol tezligi 5-10 m/s ni tashkil etadi. Havo harorati kechasi 13-15 oS, kunduzi 23-25 oS atrofida bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar