16:04 / 24.07.2017
9 791

“O‘zbekiston-24” telekanali o‘z faoliyatini boshladi

“O‘zbekiston-24” telekanali o‘z faoliyatini boshladi
Avvalroq, O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan “O‘zbekiston-24” telekanali sinov efirlarini boshlagani, 24 iyuldan to‘liq efirga chiqishi haqida xabar bergan edik. Va’daga sodiq qolgan holda bugun, 24 iyul kuni soat 10:00 da “O‘zbekiston-24” telekanali ilk bor efirga chiqdi.

Ayni damda teleradiokanal orqali O‘zbekiston hayotidagi voqealar jonli efirda tomoshabinlarga havola etilmoqda.

O‘zbekistonda OAV sohasining rivojiga qaratilayotgan keng qamrovli e’tibor tufayli so‘nggi yillarda bu sohada ko‘plab muvaffaqiyatli ishlar amalga oshirildi. Mamlakatda davlat va nodavlat OAVlarning kun sayin ortib borishi mamlakatda OAVga bo‘lgan e’tibor, ishonch va ehtiyojning, so‘z erkinligining in’ikosidir.

“O‘zbekiston-24” telekanalining texnik imkoniyatlari, studiyasi boshqa mamlakatlarning jonli efirga chiqadigan axborot telekanallari bilan raqobatlashadigan darajada, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va o‘z bloglaridagi chiqishlari orqali ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan blogerlar, internet-jurnalistlar 23 iyul kuni “O‘zbekiston-24” teleradiokanali faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati rahbari Asad Xo‘jaev va O‘zbekiston MTRK raisining birinchi o‘rinbosari Bobur Alixonov 24 iyuldan o‘z faoliyatini boshlaydigan informasion-tahliliy teleradiokanal va uning imkoniyatlari, rejalar borasida mehmonlarga ma’lumotlar berdilar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “O‘zbekiston-24” telekanali o‘z faoliyatini boshladi