18:47 / 27.07.2017
5 485

DTM vakili: Iks-variantlar chiqmaydi. Avval ham bo‘lgan emas

DTM vakili: Iks-variantlar chiqmaydi. Avval ham bo‘lgan emas
Davlat test markazi tomonidan 1 avgustda o‘tkaziladigan imtihonlar uchun tayyorlangan testlarning javoblari chiqarib yuborilmagan. Bu haqda Davlat test markazi bo‘lim boshlig‘i Qayum Boymirov ma’lum qildi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Qayum Boymirovning so‘zlariga ko‘ra, testlar, test varaqalarini tayyorlashga jalb etilgan barcha mas’ul shaxslarning xalq bilan muloqoti 25 iyundan e’tiboran cheklangan.

DTM bo‘lim boshlig‘ining ta’kidlashicha, iks-variantning chiqishi mumkin emas, «bunga ishonib bo‘lmaydi». Boymirovning alohida qayd etishicha, bunday iks-variantlar bundan avval ham bo‘lmagan.

Avvalroq bir qator nashrlarda DTM tomonidan iks-variantlar chiqarib yuborilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » DTM vakili: Iks-variantlar chiqmaydi. Avval ham bo‘lgan emas