
Keyingi yildan san’at va ijod bilan bog‘liq yo‘nalishlardagi oliygohlarga kirish imtihonlarida test sinovlari o‘tkazilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 avgust kuni mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvida ma’lum qilgan.
Videoselektorda qatnashgan Kun.uz muxbirining xabar berishicha, prezident bunday oliygohlarda faqat ijodiy imtihon bo‘lishini ma’lum qilgan. Bundan maqsad haqiqiy iqtidorlilar qolib, testda ona-tili yoki matematika fani savollarini echib o‘qishga kirish holatlari oldini olish hisoblanadi.
«O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Madaniyat instituti va Dizayn institutida kirish imtihonlarida test topshirish - xiyonat. Ular qo‘shiq aytishni bilsa, chizishni bilsa, talanti bo‘lsa, iqtidori bo‘lsa, test topshirishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak», — degan prezident. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar