O‘zbekistondagi salqin havo hafta oxiriga qadar saqlanib qoladi

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazining ma’lum qilishicha, 31 avgustga qadar mamlakatimizda o‘rtacha havo harorati kechasi 13-18, kunduzi 25-32 daraja atrofida saqlanib turadi.
Nisbatan issiq ob-havoni Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzatish mumkin. Ushbu hududlarda harorat 34-36 darajagacha ko‘tariladi.
27-28 avgust kunlari poytaxtning ayrim tumanlarida havo bulutli bo‘lib, yomg‘ir yozishi mumkin. Havo harorati kechasi 13-18, kunduzi 27-32 daraja atrofida bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing