Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, haftaning ilk kunida O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati o‘zgarib turadi.
Toshkentda havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +38... +40, kechasi esa +23... +25 daraja bo‘ladi. Shamol soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.
Farg‘ona, Namangan va Andijonda kunduzi harorat +33... +38 daraja, kechasi esa +20... +25 darajada bo‘lishi kutilmoqda. Shamol tezligi 3-8 metr soniyani tashkil etadi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda kunduzi havo kutilganidan ham issiq bo‘ladi. Harorat kunduzi +35... +40, kechasi esa +20... +25 daraja bo‘lib, shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo issiq bo‘lib, harorat kunduzi +35... +40, kechasi +22... +27 darajani tashkil etadi. Shamol soniyasiga 3-8 metr tezlikda esishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham osmonni biroz bulut qoplaydi. Havo harorati kunduzi +37... +42, kechasi +22... +27 darajani tashkil etib, shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esishi mumkin.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +37... +42 daraja, kechasi esa +22.. +27 darajaga tushishi kutilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esishi mumkin.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi