
Toshkentning Shimoliy vokzal hududida Kichik halqa yo‘li orqali o‘tuvchi yo‘l o‘tkazgichni qayta tiklash ishlari 1 sentyabrgacha yakunlanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» boshqaruv raisi o‘rinbosari Davron Dehqonov bugun bo‘lib o‘tgan Press-klub sessiyasida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda hududda rekonstruksiya ishlari jadallik bilan davom etmoqda, belgilangan rejadan ortda qolishlar kuzatilmayapti.
Kichik halqa yo‘li orqali o‘tuvchi avtomobil yo‘l o‘tkazgich 2008 yilda demontaj qilingan edi. Ko‘prikning eni 30, uzunligi 346 metr bo‘lgan qismi rekonstruksiya qilinadi. Eni 22, uzunligi 281 metr bo‘lgan qismi yangidan quriladi. Ikki tomonida piyodalar yo‘lakchalari quriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar