6 471
Namangan viloyati hokimi o‘qituvchi va shifokorlar endi qishloq xo‘jalik ishlariga jalb etilmasligini va’da qildi
Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xalqaro press-klubda o‘qituvchilarning obodonlashtirish ishlariga haligacha jalb etib kelinayotgani to‘g‘risidagi savolga javob berdi.
«Bu bor haqiqat, buni yashirib bo‘lmaydi. Ularni nafaqat obodonlashtirish ishlarida, hatto qishloq ho‘jaligi ishlarida ham ishlatib keldik.
O‘qituvchining o‘zining ishini qildirmadik, fermerga bog‘ladik. Vrachlarimizga o‘z ishini qildirmadik, QVPda o‘z ishlari qolib, qishloq xo‘jaligi ishlari bilan band bo‘lishdi. Natijada nima bo‘ldi, natijada bugun onalar o‘limi oshdi, go‘daklar o‘limi oshdi, lekin hech kim QVPga yordam bergani yo‘q.
Qachonki endi biz ko‘zimizni ochib ko‘rsakki, qanaqadir og‘ir ahvolda. Shuning uchun qat’iy cheklangan hozir, o‘qituvchilarimizni, umuman byudjet xodimlarini jalb qilish. Qaysidir shanbalik, qaysidir tadbir bo‘lsaki mayli shunda umumiy tartibda chaqiriladigan bo‘lsa. Bizning eng zabardast sohalar ikki soha ham, eng ishongan sohalarimiz. Bularni unaqangi ishlarga, mana hokimlar ham turibdi, ularni bu ishlarga jalb etish taqiqlanadi, chiqarmaymiz ularni bunday ishlarga», deya hokimning so‘zlari keltirilgan O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi saytida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»