date

O‘zbekistondagi 1 300 ta’lim muassasi quyosh kollektorlari bilan ta’minlanadi

O‘zbekistondagi 1 300 ta’lim muassasi quyosh kollektorlari bilan ta’minlanadi

Yaqin yillarda O‘zbekistonning barcha hududlarida joylashgan 1 300ga yaqin umumta’lim muassasalarini va kollejlarni quyosh kollektorlari bilan ta’minlash ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda O‘zR FA energetika va avtomatika instituti bo‘lim mudiri Roman Zohidov aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, qishloq joylaridagi 600ga yaqin vrachlik punktlari ham aynan mana shunday panellar bilan jihozlanadi. Bu punktlar va ta’lim muassasalari asosan chekka va borish qiyin bo‘lgan tumanlarda joylashadi. Shu yo‘l bilan ushbu hududlarni elektr bilan ta’minlash masalasi qisman hal qilinadi.

Mutaxassisning so‘zlariga qaraganda, novatorlik texnologiyalarining rejada ko‘zda tutilgan darajada amalga oshirilishi yaqin yillarda mamlakat energiya tizimi yuklamasini 2 mlrd kVt/soatga qisqartirishga va 2 mln Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilishini ta’minlashga yordam beradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistondagi 1 300 ta’lim muassasi quyosh kollektorlari bilan ta’minlanadi