
Kecha, 5 sentyabr kuni respublika valyuta birjasida o‘tkazilgan savdolarda AQSh dollarining so‘mga nisbatan qiymati 10 so‘mga ortib, 1 dollar 8110 so‘m miqdorida baholandi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
5 sentyabrgacha aksariyat odamlar dollarning bozor kursini aniqlashda turli shubhali telefon ilovalari va saytlardan foydalanishar edi. Endi Prezident farmonidan so‘ng davlatimizda valyuta bozori liberallashtirilgach, kursni «qora bozor»dagi ko‘cha odamlari emas, respublika valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolarga qarab o‘rnatib borilishini hamma ham bilmasa kerak.
Bundan buyon dollarning O‘zbekiston respublika valyuta birjasida o‘rnatilgan kunlik kurslarni ushbu havola orqali kuzatib borishingiz mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar