«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi 5 sentyabr kuni Tailand poytaxti Bangkokdan Toshkentga HY532 reysi amalga oshmay qolgani sabablarini tushuntirdi. Aviakompaniya matbuot xizmati «Bangkok–Toshkent» reysi texnik sabablarga ko‘ra ushlanib qolgani haqida izoh berib, shu reysda uchishi kerak bo‘lgan yo‘lovchilardan hamda ularning yaqinlaridan keltirilgan noqulayliklar uchun rasman uzr so‘radi. Bu haqda Kun nashri ma’lum qildi.
5 sentyabr kuni 216 yo‘lovchisi bilan Toshkentga kelishi kerak bo‘lgan samolyot hamon Tailand poytaxtidan ucha olmayapti.
«Aviakompaniya yo‘lovchilarning xavfsizligi uchun javobgar. Shu tufayli texnik nosozlik to‘la bartaraf qilinmaguncha reys amalga oshirilmaydi», — deyilgan aviakompaniya sayti xabarida.
Ayni vaqtda aviakompaniyaning Bangkok shahridagi vakillari vaziyatni hal qilish uchun zarur tezkor choralarni ko‘rayotgani aytilgan. Tartibga ko‘ra, barcha yo‘lovchilarga mehmonxona, aeroport va mehmonxona yo‘lida qatnash uchun transportirovka, shuningdek, yaqinlari bilan bog‘lanish uchun xalqaro aloqa imkoniyatlari taqdim etilgan.
Aviakompaniya 90dan ortiq yo‘lovchiga 8 sentyabr kuni Toshkentga Kuala-Lumpur orqali uchishni taklif etgan. Toshkent orqali Bishkek, Bishkek, Tel-Aviv va Rossiyadagi shaharlarga uchayotgan 90 kishiga ham muqobil yo‘nalishlar taklif etilgan. Ayni vaqtda yana 30 kishini O‘zbekistonga olib kelish choralari ustida ish olib borilmoqda.
Keyingi o‘zgarishlar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi ma’lum qilingan.
«Aviakompaniya rahbariyati nomidan sizlarga voqea yuzasidan uzr aytishga ruxsat bering», — deyilgan xabarnomada. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi