
13 sentyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 11-13, kunduzi 27-29 daraja issiq bo‘ladi. Respublika Gidrometeorologiya markazi shu haqida xabar beradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 10-15, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 12-17, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja issiq bo‘ladi.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar