Myanmada vujudga kelgan vaziyat, ayniqsa ushbu mamlakatda musulmon ozchilikni tashkil etuvchi rohinjalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari haqidagi xabarlar O‘zbekistonda xavotir bilan qarshi olindi. Bu haqda O‘zbekiston TIVning seshanba kuni e’lon qilingan bayonotida so‘z boradi, deb yozadi Kun.uz nashri.
«Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va BMT Nizomida belgilab qo‘yilgan tamoyillar, shuningdek Islom hamkorlik tashkiloti maqsad va vazifalariga tayangan holda O‘zbekiston zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishini qoralab, irqi, teri rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa qarashlari, millati yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mol-mulki, biror tabaqaga mansubligi yoki jamiyatdagi o‘rnidan qat’i nazar har bir insonning barcha huquq va erkinliklari so‘zsiz ta’minlanishini yoqlab chiqadi», — deyiladi bayonotda.
«Shu munosabat bilan biz Myanma hukumatini begunoh musulmonlarga qarshi zo‘ravonliklarga barham berish va ularning oldini olish uchun barcha zarur choralarni qo‘llashga chaqiramiz», — deya qayd etiladi bayonotda.
TIV, shuningdek O‘zbekiston hukumati myanmalik qochqinlar ehtiyojlari uchun gumanitar yordam yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilganini ma’lum qildi.
Xalqaro migratsiya tashkiloti rohinja musulmonlarining Bangladeshga oqimini misli ko‘rilmagan deb atamoqda. XMT ma’lumotlariga ko‘ra, 25 avgustdan buyon Bangladeshga qariyb 370 ming qochqinlar kirib kelgan bo‘lib, ularning 60 foizi bolalardir. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi