5 698
Tadbirkorlar nol qiymatidagi inshootlarni olish uchun kimga murojaat qilishi mumkin?
“O‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan, tadbirkorlik sohasida muvaffaqiyatga erishib kelayotgan, biroq ijarada turuvchi tadbirkorlar nol qiymatidagi inshootlarni olish uchun qayerga murojaat qilishi mumkin?”. Mazkur savol Xalqaro press-klub 15 sentyabr kuni “Biznes-ombudsman - tadbirkorlik himoyasi va vazifalar tahlili” mavzusiga bag‘ishlangan anjumanida tegishli idora vakillariga yo‘llandi. Bu haqda anjumanda bevosita ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri xabar beradi.
Yuqoridagi savolga Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov javob berdi:
“Mana shu nol qiymatida binolarni sotish - juda dolzarb masala. Davlatimiz rahbari tomonidan tegishli organlarga maxsus topshiriqlar berilgan. Shu jumladan, Savdo-sanoat palatasi tomonidan o‘tgan davr ichida 54 ta tumanda to‘liq inventarizatsiya o‘tkazildi. Mahallalardagi bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan yerlarning hammasi ro‘yxatga olindi. 1 million kvadrat metrdan oshiq bo‘sh turgan inshootlar, 500 gektardan ziyod yerlar mavjudligi aniqlandi.
Mana shu yerlar aholini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash, yoshlarni va kam ta’minlangan oilalardagi fuqarolarning bandligini oshirishga ajratiladi va bu borada loyihalar ishlab chiqilmoqda. Birgina inventarizatsiya vaqtidayoq tashabbuskorlar tomonidan 800ta loyiha ishlab chiqildi va hozirda ular amaliyotga tadbiq etilmoqda. Tadbirkorlar bunday inshootlarni sotib olishi uchun Davlat raqobat qo‘mitasi yoki Savdo-sanoat palatasiga murojaat qilishi mumkin. Sababi bizda har bitta aniqlangan binolarning pasporti, kerakli ma’lumoti mavjud”.
Islom Jasimovning ta’kidlashicha, tadbirkorlarga 0 qiymatidagi binolarni sotib olishlari uchun yaqindan ko‘mak beriladi. Shuningdek, palataga o‘z muammosi bilan murojaat qilgan har bir tadbirkorning masalasi albatta, hal qilinishi ham alohida qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas