
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 18-20 sentyabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrif buyuradi va BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasi umumiy muzokaralarida nutq so‘zlaydi.
O‘zbekiston Prezidenti Nyu-York shahriga tashrifi doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xalqaro valyuta fondi taqsimlovchi direktori Kristin Lagard, Jahon banki guruhi prezidenti Jim Yon Kim hamda BMT Bosh Assambleyasiga tashrif buyurgan boshqa davlat rahbarlari bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazadi.
Davlatimiz rahbari, shuningdek, keng doiradagi O‘zbekiston–Amerika biznes-forumida ishtirok etadi. Biznes-forum yakunlari bo‘yicha ikki davlat yetakchi firma va kompaniyalari rahbarlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, moliyaviy-sarmoyaviy sohalarda ko‘plab ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar