09:03 / 19.09.2017
6 547

Britaniyaliklar O‘zbekistonda zamonaviy agroklaster qurishadi

Britaniyaliklar O‘zbekistonda zamonaviy agroklaster qurishadi
Britaniyaliklar O‘zbekistonda paxta va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish uchun zamonaviy klaster quradi, shuningdek, mahsulotlarni qayta ishlab, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining Sirdaryo viloyatida zamonaviy agroklaster barpo etish choralari to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Ushbu loyiha doirasida Vek cluster qo‘shma korxonasi tashkil etiladi, ta’sischilar Britaniyaning TRONTEX LP va GRATUM TRADING LP kompaniyalari bo‘ladi.

Yangi klaster quriladigan Sirdaryo viloyati hokimiyati 18 ming gektar sug‘orma yer ajratadi, shundan 13 ming gektari Mirzobod tumanida, 5 ming gektari – Xovosda.

Prezident qaroriga ko‘ra ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlash uchun korxona 2022 yilning 1 yanvariga qadar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Britaniyaliklar O‘zbekistonda zamonaviy agroklaster qurishadi