date

O‘zbekiston avtomobil yo‘llarni tiklash uchun 2 mlrd dollar jalb qiladi

O‘zbekiston avtomobil yo‘llarni tiklash uchun 2 mlrd dollar jalb qiladi

Yaqin 3 yil ichida O‘zbekistonda 1,1 ming kilometr umumiy foydalanishga mo‘ljallangan avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilinadi. Bu maqsadda O‘zbekiston 2 mlrd dollardan ko‘proq xorijiy sarmoya jalb qiladi.

Bugungi kunda 621 kmlik yo‘llarda ishlar olib borilmoqda. Bu maqsadlar uchun 1,2 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ ajratildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 2019 yilgacha 990 dan ko‘proq zamonaviy yo‘l texnikasi va ushbu tarmoq korxonalari ishlab chiqarish quvvatini yangilash uchun 38 ta majmua sotib olishni rejalashtirmoqda. 2015 yilning oxirigacha 150 ta texnik qurilma xarid qilinadi.
Yo‘l texnikasi parkining yangilanishi tarmoqni texnik qayta jihozlashga mo‘ljallangan 5 yillik dasturda ko‘zda tutilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston avtomobil yo‘llarni tiklash uchun 2 mlrd dollar jalb qiladi