
Joriy hafta oxirida O‘zbekistonda harorat keskin pasayishi kuzatilishi mumkin. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xabariga ko‘ra, 28 sentyabr kunidan mamlakat hududiga shimoldan sovuq havo oqimi kirib keladi.
«28-30 sentyabr va 1 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi hududiga Qozog‘iston Respublikasi va Povolje orqali Yevropaning Rossiya qismida (Moskva viloyatida) hosil bo‘lgan nam, sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda», deyilgan xabarda .
28-30 sentyabr kunlari Respublika hududida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, shamol tezligi 15-20 m/s, (55-75 km/soat) gacha kuchayishi kutilmoqda. 28-30 sentyabr kunlarida havo harorati kunduzi 15-20 daraja iliq, 30 sentyabr va 1 oktyabr kunlari kechasi 3-8 daraja iliq, vaqti-vaqti bilan 0 darajagacha sovushi kutilmoqda.
Shuningdek, hafta oxirida Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar