12:41 / 30.09.2017
6 591

Mirzo Ulug‘bek bog‘i rekonstruksiya qilinadi

Mirzo Ulug‘bek bog‘i rekonstruksiya qilinadi
2 oktyabrdan e’tiboran Mirzo Ulug‘bek nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i (sobiq Telman bog‘i) rekonstruksiya uchun yopiladi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Loyiha uy-joy va boshqa inshootlar qurilishi bilan shug‘ullanadigan Jet Invest MChJ QK kompaniyasiga topshirildi. Kompaniya vakili Zafar Rahimov loyiha bo‘yicha rejalar bilan o‘rtoqlashdi:

— Asosiy vazifamiz — bog‘ning qiyofasini yangilash, uni zamonaviy maftunkor qilish. Mirzo Ulug‘bek nomidagi bog‘ Toshkentning eng eski bog‘i bo‘lib, 1934 yili ochilgan. Bog‘ning ko‘p kommunikatsiyalari va tashqi qiyofasi tushkun ahvolga kelmoqda, ayrim binolar va attraksionlar talabga javob bermaydi. Shu bois biz bog‘ infrastrukturasi va muhandislik tarmoqlarini butunlay modernizatsiya qilamiz.

Shu bilan birga, biz bog‘ning asosiy boyligini unutmaymiz — barcha daraxtlar, ayrimlarining yoshi esa 100 dan oshgan, saqlab qolinadi. Bog‘da yangi daraxtlar ham paydo bo‘ladi: ishga O‘zbekistonning eng yaxshi dendrologlari jalb etilgan. Jarayonni shahar madaniyat boshqarmasi hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan nazorat qilinadi.

Biz kompaniyamizga davlat tomonidan ko‘rsatilgan ishonchdan minnatdormiz va davlatning biznes bilan sherikligi samara beradi, jamiyat va aholi uchun foydali bo‘ladi deb o‘ylaymiz.

Loyiha haqida gapirsak, birinchi galda butun bog‘ bo‘ylab piyodalar yo‘lkalarini yangilaymiz, trassa tomondan qo‘shimcha yo‘l ochamiz, qo‘shimcha avtoturargoh quramiz, attraksionlarni yangilaymiz, kommunikatsiyalar va eski binolarni rekonstruksiya qilamiz.

Keksa insonlar uchun maxsus zonalar ochishni rejalashtirmoqdamiz. Shuningdek, sport bilan shug‘ullanuvchi odamlar va yoshlar uchun zonalarga e’tibor qaratiladi. Bog‘ hududida doimiy asosda turli madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi. Shu bilan birga, sayr va hordiq uchun tinch zonalar saqlab qolinadi.

Biz uchun bog‘ aholining barcha qatlamlarini o‘ziga tortishi muhim. Shu bois boqqa kirish bepul bo‘lib qoladi. Bog‘ning ochilishi keyingi yilga mo‘ljallanmoqda.

Biz bog‘ni shahar aholisi vaqtini yaxshi o‘tkazishi uchun yanada qulayroq joyga aylantirmoqchimiz. Shahar aholisi o‘z xohish-istaklari va takliflarini bildirsa xursand bo‘lamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mirzo Ulug‘bek bog‘i rekonstruksiya qilinadi