8 180
Toshkentdagi «Chorsu» mehmonxonasi va bozori o‘rtasidagi hududda turistik marshrut barpo etiladi
Toshkent shahar hokimligida 3 oktyabr kuni poytaxtda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining borishi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida ishtirok etgan shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Asomiddin Tojiyev Toshkent shahriga xorijiy sayyohlarni jalb qilish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
«Toshkent shahriga sayyohlar qadimiy va tarixiy obidalarni ko‘rish uchun tashrif buyuradi. Poytaxtga sayyohlarni jalb etish maqsadida ‘Chorsu’ mehmonxonasi va bozori o‘rtasidagi hududda yangicha bozor va turistik marshrut barpo etiladi. Bu marshrut Chorsu bozori yaqinidagi Ko‘kaldosh masjididan boshlanadi, Zarqaynar orqali o‘tib, Xasti Imom kompleksida yakunlanadi. Bu judayam qiziqarli loyiha bo‘ladi», — deydi Asomiddin Tojiyev.
Shuningdek, shahar bosh arxitektori o‘rinbosari «Chorsu» mehmonxonasi ham ayni paytda qayta rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilayotganini ta’kidlab o‘tdi. Mazkur inshoot to‘rt yulduzli mehmonxona sifatida ish boshlashi kutilmoqda.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda