00:44 / 20.10.2017
7 289

Yangi haydovchilik guvohnomalarini 20 oktyabrdan olish mumkin


Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarini 20 oktyabr kunidan boshlab olish mumkinligi ma’lum qilindi. Shahar YHXB rasmiy vakili A.Vohidovning so‘zlariga ko‘ra, shu yilning mart oyida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining yangi turdagi milliy haydovchilik guvohnomalarini joriy qilish to‘g‘risidagi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida 20 oktyabrdan haydovchilik guvohnomalarini olish mumkin bo‘ladi.

Buning uchun pasport, tibbiy ma’lumotnoma hamda eng kam oylik ish haqining 70 foizi miqdorida (104 842 so‘m 50 tiyin) to‘lov to‘lash talab etiladi.

A.Vohidovning bildirishicha, yangi haydovchilik guvohnomasi jahon andozalari asosida ishlab chiqilgan va xalqaro haydovchilik guvohnomasi maqomiga ham egadir. Ma’lum qilinishicha, u bilan birga talonlar berilmaydi.

Shu bilan birga, eski haydovchilik guvohnomalari 2021 yil oktbyar oyiga qadar muomalada bo‘ladi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yangi haydovchilik guvohnomalarini 20 oktyabrdan olish mumkin