date

Baxtiyor G‘ulomov – mintaqada xavfli materiallar tarqalishining oldini olish bo‘yicha kotibiyat rahbari

Baxtiyor G‘ulomov – mintaqada xavfli materiallar tarqalishining oldini olish bo‘yicha kotibiyat rahbari

O‘zbekiston hukumatining 2015 yil 25 sentyabridagi qarori bilan Baxtiyor G‘ulomov Markaziy Osiyo bo‘yicha kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy materiallar bo‘yicha ilg‘or tajriba markazlari mintaqaviy kotibiyatining rahbari etib tayinlandi.

Hujjatda aytilishicha, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining boshlig‘i endilikda ushbu mintaqaviy strukturaga ham rahbarlik qiladi. Inspeksiyaning amaldagi rahbari esa Baxtiyor G‘ulomovdir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi EI Komissiyasiga texnik ko‘mak berishni muvofiqlashtirish byurosi direktori Jamshed Sharipov mintaqaviy kotibiyatning milliy koordinatori deb belgilandi.

Ikki idora tegishli vazirliklar bilan birgalikda bir oy ichida milliy ishchi guruh hamda kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy materiallar bo‘yicha milliy ekspertlar guruhini shakllantirishi talab qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur mintaqaviy tashkilotning ta’sis etilishi borasidagi memorandum O‘zbekiston hukumati hamda BMT mintaqalararo ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan shu yilning may oyida imzolangan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Baxtiyor G‘ulomov – mintaqada xavfli materiallar tarqalishining oldini olish bo‘yicha kotibiyat rahbari