16:42 / 01.11.2017
5 069

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri BMT Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi

2017 yilning 1 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari, Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Yuriy Fedotov bilan uchrashdi. Bu haqda «TIV axborot xizmati»ga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri BMT Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi
Yuriy Fedotov boshchiligidagi BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi delegatsiya Toshkent shahriga ikki tomonlama muzokalar olib borish va SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining «Terrorizmga qarshi kurash – chegarasiz hamkorlik» mavzuidagi 5-ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etish maqsadida tashrif buyurdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbatda BMT va uning ixtisoslashtirilgan institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish doirasida O‘zbekistonning BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan munosabatlarining mustahkamlash holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, turli ko‘rinish va shaklardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishdan tomonlar o‘zaro manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Bugungi kunda, O‘zbekistonda BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ko‘magida milliy va mintaqaviy darajadagi dasturlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonning tegishli tuzilmalari 2016-2019 yillarda Afg‘oniston va qo‘shni davlatlar uchun mintaqaviy dasturda, hamda Markaziy Osiyo davlatlari uchun 2015-2019 yillarga mo‘ljallangan dasturda ishtirok etmoqda.

Mamlakatda 2016-2020 yillarda Narkotik moddalarni suiste’mol qilish va noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi qabul qilinib amalga tatbiq etilmoqda. Dasturda narkotik moddalarning noqonuniy aylanishini tartibga solish va narkologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, norkologik xizmat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning moddiy-texnik zaxirasini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilgan.

Uchrashuv davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Suhbatda BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi boshlig‘i Ashita Mittal ishtirok etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri BMT Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi