
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 12-15 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Ispaniyada bo‘ladi. Bu haqda «TIV» matbuot xizmatiga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Tashrif dasturiga binoan Ispaniya Senati, Tashqi ishlar va hamkorlik vazirligi, Iqtisodiyot, sanoat va raqobat vazirligi hamda Savdo palatasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkaziladi.
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari O‘zbekiston—Ispaniya biznes-forumida va boshqa birgalikdagi tadbirlarda ishtirok etadi va qirollikning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazadi.
«Tashrif doirasida iqtisodiyot, sanoat va transport sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan», — deyiladi vazirlik axborotida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar