Foto: Toshkentdagi ikki xonadonda 39 kishi noqonuniy yashab kelgani aniqlandi

Toshkentning Yashnobod tumanida huquq-tartibot organlari xodimlari poytaxtda o‘tkazgan reyd davomida ikki xonadonda qirqqa yaqin odam noqonuniy yashab kelgani aniqlandi. Bu haqda Daryo.uz xabar bermoqda.

«Bumerang» operatsiyasi chog‘ida ikki xonadon egasi uylarini respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 39 kishiga ijaraga bergani ma’lum bo‘ldi.

Xonadonlarda yashovchilar tuman IIBga yetkazildi, ularning shaxsi aniqlanib, fosh etilmagan jinoyatlarga aloqadorligi tekshirildi. Jarayon 20 daqiqadan ko‘p vaqt olmadi, deb aniqlik kiritadi tadbirda ishtirok etgan nashr muxbiri.

Bundan tashqari, xonadonlarda shahar gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan isitish priborlari ham qayd etildi.
Foto: Toshkentdagi ikki xonadonda 39 kishi noqonuniy yashab kelgani aniqlandi
Foto: Toshkentdagi ikki xonadonda 39 kishi noqonuniy yashab kelgani aniqlandi
Foto: Toshkentdagi ikki xonadonda 39 kishi noqonuniy yashab kelgani aniqlandi
Foto: Toshkentdagi ikki xonadonda 39 kishi noqonuniy yashab kelgani aniqlandi
Foto: Toshkentdagi ikki xonadonda 39 kishi noqonuniy yashab kelgani aniqlandi
Foto: Toshkentdagi ikki xonadonda 39 kishi noqonuniy yashab kelgani aniqlandi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar