17:45 / 23.12.2017
5 384

2018 yil O‘zbekiston uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘ladi

2018 yil O‘zbekiston uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘ladi
Vashington (AQSh) shahridagi Jorjtaun universitetining professori Shon Roberts O‘zbekistonda 2017 yilda sodir bo‘lgan voqealar va jarayonlarni tahlil qildi.

Avvalambor, u o‘tgan yili aynan O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng katta «kutilmagan sovg‘alar»ni taqdim etganidan boshladi. Tezkor islohotlarning asosi bo‘lgan prezident Shavkat Mirziyoyevning rivojlanish strategiyasi chindan ham «o‘zgarish»ga aylandi.

Shon Roberts alohida e’tibor qaratgan jihatlar o‘zbek milliy valyutasini liberallashtirishga ham tegishli. Bunday ijobiy o‘zgarishlar tufayli xorijiy investitsiyalar uchun yangi eshiklar ochiladi. Qonun ustuvorligi sohasida boshlangan islohotlar esa, ularning murakkabligiga qaramasdan, mamlakat jamoatchiligi ko‘z o‘ngida odillikning yangicha qabul qilinishiga olib keldi.

Ekspert O‘zbekistonning mintaqaviy hamkorlikdagi yangi pozitsiyalarini alohida ta’kidlaydi. Tashqi siyosatda mamlakat rahbari yilning katta qismini mintaqaviy integratsiyani yanada chuqurlashtirishga intilgan holda o‘tkazib, qo‘shni davlatlarga ko‘plab tashriflarni amalga oshirdi. Va yakunda, bu tashriflar ko‘p yillik mintaqaviy bahslarni hal qilish hamda o‘zaro istiqbolli hamkorlikka erishish bo‘yicha ijobiy natijalarga olib keldi.

Professor Shon Robertsning taxminicha, 2018 yil ichki va tashqi siyosatning ko‘pgina masalalarida o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi va Markaziy Osiyodagi ushbu «aholi eng zich joylashgan» mamlakat uchun hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Gap iqtisodiyotni liberallashtirish va davlat boshqaruvi kabi masalalar haqida bormoqda.

Shu nuqtai nazardan, kelgusi yil O‘zbekistonning kelgusidagi harakatlari trayektoriyasi uchun «haqiqiy sinov» bo‘lishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2018 yil O‘zbekiston uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘ladi