date

O‘zbekistonda o‘z vaqtida talab qilinmagan pensiya pullarini to‘lash muddati qisqartirildi

O‘zbekistonda o‘z vaqtida talab qilinmagan pensiya pullarini to‘lash muddati qisqartirildi

O‘zbekistonda pensionerlar tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan pensiya pullari o‘tgan davr uchun pensiyani olish uchun murojaat qilgan vaqtdan boshlab 12 oydan ko‘p bo‘lmagan davr uchun to‘lanadi. UZ24’ning xabar berishicha, hozirgacha bu davr 3 yilni tashkil qilgan edi.

Avval pensioner xorijga yoki respublikaning boshqa bir viloyatiga chiqa turib, uch yillik davr ichida istalgan davr uchun o‘zining talab qilib olinmagan pensiya pulini olishi mumkin edi, biroq 2015 yilning 1 yanvaridan boshlab endi pensioner o‘z pensiya pulini faqatgina bir yil muddat ichida talab qila olishi mumkin, deb xabar beradi Norma.uz.

Agar pensiya puli Pensiya jamg‘armasi bo‘limlarining aybi bilan o‘z vaqtida to‘lanmagan bo‘lsa, pensioner, qanday muddat o‘tganidan qat’iy nazar, o‘tgan butun davr uchun pensiya puli to‘lanishini talab qilishi mumkin.

Shuningdek, agar jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxs o‘z nogironligini tasdiqlovchi ko‘rikdan uzrli sabablarga (kasalxonada davolanish, o‘qish yoki xizmat safarida bo‘lgan hollarda) ko‘ra o‘z vaqtida qayta o‘tmaganda o‘tgan davr uchun nogironlik nafaqalari to‘lash shartlari 3 yildan oshmagan muddatda saqlanib qoladi.

manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda o‘z vaqtida talab qilinmagan pensiya pullarini to‘lash muddati qisqartirildi