6 256
Shavkat Mirziyoyev: O‘zbek tilini bilmagan odam qanday qilib O‘zbekiston elchisi bo‘lishi mumkin?
O‘zbekiston Prezidenti raisligida Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi elchixonalar faoliyati tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev elchilar ma’naviyatiga alohida e’tibor qaratdi. Bu haqda «O‘zA»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
O‘zingiz ayting, elchi degan odam o‘zbek xalqining boy tarixi, madaniyati, milliy qadriyatlari, vatandoshlarining dardu tashvishlarini yaqindan bilmasa, ularni yuragidan o‘tkazmasa, qanday qilib O‘zbekistonni dunyoga tanitishi mumkin, dedi davlat rahbari.
«Deylik, Alisher Navoiydan, Boburdan, Abdulla Oripov, Erkin Vohidovdan ikki qator she’r ayta olmasa, eng yomoni, ona tilini mukammal bilmasa, qanday qilib haqiqiy elchi bo‘lishi mumkin?
Men shu ma’noda Janubiy Koreyadagi elchimiz Vitaliy Vasilevich Fenga alohida rahmat aytishni o‘zimning burchim, deb bilaman. Bu odam shuncha yildan buyon elchilik lavozimida samarali ishlayotgani, Janubiy Koreya bilan iqtisodiy, investitsiyaviy aloqalarni jadal rivojlantirayotgani albatta e’tiborga loyiq. Lekin uning xalqimizga juda katta hurmat bildirib, o‘zbek tilida ravon gapirishi barcha elchilarimizga o‘rnak bo‘lishi kerak. O‘zingiz ayting, O‘zbekistonning chet eldagi elchisi bo‘lsa-yu, o‘zbek tilini bilmasa, bu xalqimizga xiyonat emasmi?» — dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi