5 779
Natalya Shagayda: "Rossiya do‘konlarida O‘zbekiston meva-sabzavotlari bilan raqobatlasha oladigan mahsulot yo‘q"
Rossiya do‘konlarida O‘zbekiston meva-sabzavotlari bilan raqobatlashadigan mahsulot yo‘q. Bu haqda Rossiya xalq xo‘jaligi akademiyasi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat siyosati markazi direktori Natalya Shagayda ma’lum qildi, deya xabar beradi «Xalq so‘zi» .
«Oldin O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlarni Rossiyaning uzoq shaharlariga olib kelishda katta muammolar bor edi. Chegara, bojxona va boshqa tekshiruvlar deganlaridek. Kichik xo‘jalik yoki xususiy tadbirkor buning uddasidan chiqishi qiyin edi.
Oxirgi yillarda O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish dasturi amalga oshirilmoqda. Buning uchun maxsus kompaniya ham tashkil qilingan. Endilikda fermer va xususiy xo‘jaliklar yagona texnologiya asosida yetishtirilgan mahsulotlarni bir joyga jamlab, katta partiya mahsulot to‘playdi. Bu esa uni muvaffaqiyatli eksport qilish imkonini beradi.
O‘zbekiston meva-sabzavotlari juda shirin va ertapishar. Aprelda qisman issiqxonalarda yetishtirilgan mahsulot yetkazib berilsa-da, ular baribir juda mazali. Bunday mahsulotlar bozorda o‘z xaridorini, albatta, topadi», — dedi Natalya Shagayda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”