Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilingan loyihasida shaxsiy ma’lumotlarning huquqiy maqomini o‘rnatish va ularni himoyalash mexanizmini takomillashtirish ko‘zda tutilgan edi.
Norma.uz’ning yozishicha, qator hujjatlar shaxsiy ma’lumotlarni maxfiy axborot qatoriga qo‘shadi («Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasi, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasi, Maxfiy axborotlar sirasiga kiritilgan ma’lumotlar ro‘yxatining 1-bandiga qarang). Buning ustiga, alohida ma’lumotlarni oshkor etganlik uchun qonunchilik bilan ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.
Biroq huquqiy darajada «shaxsiy ma’lumotlar» tushunchasi to‘liq ochib berilmagan, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishning aniq bayon etilgan mexanizmlari mavjud emas.
Shu bois «Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Loyihada «Elektron hukumat» tizimi rivojlanishi munosabati bilan jismoniy shaxslar bilan ishlash jarayonida ularga oid ma’lumotlarning oshkor qilinishini taqiqlash, fuqarolarning shaxsiy va oilaviy sir daxlsizligiga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish nazarda tutiladi.
Qonun loyihasi 2018 yilning 1 dekabriga qadar Davlat personallashtirish markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IIV, Bosh prokuratura, Oliy sud va Adliya vazirligi tomonidan tayyorlanadi.
Loyiha QHTBT portalida muhokama qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...