19:28 / 25.01.2018
6 137

O‘zbekistonda 26 yanvar kungi ob-havo ma’lumoti

O‘zbekistonda 26 yanvar kungi ob-havo ma’lumoti
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 26 yanvar kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -4 ... -2 daraja, kunduzi +1 ... +3 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -15 ... -10 daraja, kunduzi -7 ... -2 daraja sovuq bo‘ladi. Urganchda kechasi -13 ... -8, kunduzi -5 ... 0 darajasa sovishi kutilmoqda. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -7 ... -2 daraja, kunduzi 0 ... +5 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -7 ... -2 daraja, kunduzi 0 ... +5 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi +2 ... +7 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi +2 ... +7 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -10 ... -5 daraja, kunduzi -5 ... 0 daraja sovuq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi -7 ... -2 daraja, kunduzi 0 ... +5 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 26 yanvar kungi ob-havo ma’lumoti