7 087
Shavkat Mirziyoyev: “Bir vaqtlar o‘z kasbining haqiqiy egalarini yaqin yo‘latishmagan edi...”
Kecha, 28 yanvar kuni Chiroqchi tumanida prezident rahbarligida Qashqadaryo viloyati faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
«Kun.uz» manbasi xabar berishicha, ushbu yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tgan. Davlat rahbari bir qancha soha rahbarlari tomonidan olib borilayotgan ishlarni tanqid qilgan, ularni zamonaviy fikrlay olmayotganlikda, bugungi kun nafasini his eta olmayotganlikda ayblagan. Ko‘pchilik rahbarlarga o‘z faoliyatlarini qayta o‘rganib chiqish va amalda ijobiy ko‘rsatib berish uchun muhlatlar bergan.
Prezident ushbu majlisda kadrlar masalasiga to‘xtalib o‘tar ekan, nega o‘z sohasi jonkuyarlari, mutaxassislari o‘z kasblari bo‘yicha ishlashmayotganini izohlab o‘tgan.
“Bir paytlar o‘z kasbining haqiqiy egalarini yaqin yo‘latishmagan. “Ammasining falonchasi bir paytlar eshak o‘g‘irlagan”, “Qarindoshida undaylar bor, bundaylar bor”, degan bahonalar bilan ularni ishga olishmagan. Men shuning uchun aytdim, ota bolasi uchun bola otasi uchun javob bermaydi. Menga o‘sha kadrning o‘zi kerak, uning fidoyiligi, vatanparvarligi kerak”, - deb gapirib o‘tgan Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)