2017 yilning yanvar-dekabr oylarida yurtimizda nominal hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqini 2016 yil bilan taqqoslaganda, 12,3 foiz o‘sishga erishildi. Yollanma xodimlar daromadlari esa 12,8 foiz o‘sdi, deb yozmoqda «Qalampir» sayti.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi va Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid 2017-2019 yillar uchun Bosh kelishuv doirasida o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lumot berildi.
Shuningdek, 2017 yil mobaynida kasaba uyushmalari organlari va mehnat inspeksiyalari tomonidan xodimlarning oylik ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar qabul qilingan. Ish beruvchilar tomonidan mehnat haqining eng kam miqdori standartlariga rioya etilishi ustidan davlat va jamoat nazorati o‘rnatildi. Bu miqdorning mehnatga haq to‘lash bo‘yicha Yagona tarif setkasining 1 razryadi stavkasidan kam bo‘lmasligi bo‘yicha nazorat olib borildi. Kasaba uyushmalari tomonidan qariyb 6700 tashkilotning ish faoliyati o‘rganilib, ularning 354 tasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Aksariyat xo‘jalik sub’ektlarida jamoa-shartnomaviy hujjatlar orqali ish haqi fondining tarif qismi oshirilishiga erishildi.
Mehnat bozorini rivojlantirish, aholi bandligiga ko‘maklashish masalalarida davlat, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar tomonidan asosiy e’tibor barqaror ish haqi va mehnat xavfsizligini ta’minlashga qaratildi. Ayniqsa, qishloq joylarida yangi ish o‘rinlari tashkil etilib, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilari va aholining boshqa ijtimoiy zaif qatlamlari ish bilan ta’minlandi. 2017 yilda mehnat resurslari soni 18 million 672 ming 500 nafarni tashkil etib, bu borada 2016 yilga nisbatan 183,6 mingtaga o‘sish kuzatildi. Band aholining 17,3 foizini davlat sektorida mehnat qilayotganlar, 82,7 foizini esa nodavlat sektorida faoliyat ko‘rsatayotganlar tashkil etdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin