19:59 / 16.02.2018
5 048

Buxoroda baliqchilik rivojiga 100 mlrd so‘m ajratiladi

Buxoroda baliqchilik rivojiga 100 mlrd so‘m ajratiladi
Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi “Buxorobaliqsanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda “davlat rahbari” matbuot xizmatiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Prezident xalq dasturxoni to‘kinligini ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash masalalariga doimiy e’tibor qaratmoqda. Hududlarning bu boradagi imkoniyatlarini oqilona ishga solish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshirilmoqda.

“Buxorobaliqsanoat” tomonidan tashkil etilgan baliq yetishtirish va uni qayta ishlash loyihasi aholini ushbu tansiq mahsulot bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bu xalqimiz ratsionini kengaytirish, salomatligini mustahkamlash bilan birga go‘sht narxini arzonlashtirish imkonini beradi.

Qo‘shimcha yer ajratilishi va zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi natijasida korxona quvvati yanada kengayadi. Chavoq yetishtirish, baliq go‘shtini dudlash, ozuqa ishlab chiqarish, sohadagi xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Yigirmadan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Prezident Buxoroda tabiiy ko‘llar ko‘pligi, ularda baliq yetishtirishni yanada ko‘paytirish mumkinligini ta’kidladi. Buxoro viloyatida bu sohani rivojlantirishga yana 100 milliard so‘m ajratish, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Buxoroda baliqchilik rivojiga 100 mlrd so‘m ajratiladi