
22 fevral soat 15:40 larda 1009 xizmatiga o‘zini “Doniyor Xoliqov” deb tanishtirgan shaxs qo‘ng‘iroq qilib, “Agar turmush o‘rtog‘im farzandimni 20 daqiqa ichida olib kelib bermasa, metroda portlash sodir bo‘ladi”, deb go‘shakni qo‘yib qo‘ygan. Bu haqda “IIV” matbuot xizmati ma’lumotga tayanib “Daryo” xabar berdi.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu qo‘ng‘iroqni Shayxontohur tumanida yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan Doniyor Xoliqov amalga oshirgani aniqlanib, uni ushlash choralari ko‘rilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar